Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘suldagi operatsiya sabab 100 mingdan ortiq iroqlik o‘z uyini tark etdi
Foto: Reuters
Mo‘sulni IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasi boshlanganidan keyin 100 mingdan ortiq iroqlik o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida Migratsiya xalqaro tashkiloti bayonotiga asoslanib, AFP xabar berdi.
"Bugungi kunga kelib, 103 872 nafar kishi boshqa joyga ko‘chirildi, bularning aksariyati Naynava provinsiyasidan bo‘lib, Mo‘sul mazkur provinsiya markazi hisoblanadi", - deyiladi tashkilot xabarida.
13 dekabr kuni operatsiya davomida 93,5 ming kishi o‘z uyini tark etgani haqida ma'lum qilingan edi.
Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri bo‘lgan Mo‘sul IShID terrorchi tashkilotining nazorati ostidadir. Mo‘sulni ozod qilish operatsiyasiga 17 oktabrda start berildi. Operatsiya Iroq Harbiy havo kuchlari va AQSh koalitsiyasi aviatsiyasining qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
01:04 / 21.03.2026
Slavyanskdan bolalarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
10:40 / 07.01.2026