Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slavyanskdan bolalarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi
Dekabrda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Slavyansk shahri tomon yurish boshlangani haqida hisobot bergandi.
Foto: Getty Images
Ukraina kuchlari nazorati ostidagi Slavyansk shahridan bolalarni evakuatsiya qilish boshlandi, deb ma’lum qildi shahar ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar shaharning o‘qqa tutilish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlaridan majburiy tartibda evakuatsiya qilinadi.
Dekabrda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Slavyansk tomon yurish boshlangani haqida hisobot bergandi.
Slavyansk Donetskdan to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 94 kilometr masofada joylashgan shahar bo‘lib, 2022 yil boshlarida 105 ming nafar aholisi bo‘lgan. 2024 yil aprelidagi ma’lumotlarga ko‘ra, shaharda 54 ming kishi qolgan.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
13:24 / 11.02.2026
Rossiya Slavyanskka aviabombalar tashladi: ona va bola halok bo‘ldi
10:40 / 07.01.2026