Sirdaryo viloyatining Guliston şahridagi köp qavatli uylardan birida qulaş xavfi yuzaga keldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, Guliston şahri Boğişamol mahallasidagi 8-uyda yaşovçilar 1 aprel kuni tuşdan keyin tezkor ravişda evakuatsiya qilingan. Bunga köp qavatli uyda qulaş xavfi yuzaga kelgani sabab bölgan.
Voqea guvohlaridan birining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, uşbu köp qavatli uyning 1-qavati savdo va xizmat körsatiş maskanlariga aylantirilgan.
“Dökonlardan birining egasi tegişli taşkilotlar ruxsatisiz asosiy ustunni olib taşlabdi. Şu sababli, “dom” qulaş holatiga kelgan. Hozir heç kim yaşamayapti. Qurbi yetganlar ijaraga uy olişgan, yetmaganlarni esa yotoqxonalarga joylaştirişgan”, deydi u.
Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati holatni Kun.uz’ga tasdiqladi. Uning bildirişiça, tekşirilib, xulosa olinguniça ehtiyot çorasi sifatida odamlar evakuatsiya qilingan. Hokimlik vakiliga köra, holat örganilyapti, uyni ta’mirlaş yoki boşqa qurib beriş masalasi körilmoqda.

















