Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatimizda ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojiga munosib hissa qöşgan atoqli şaxslarning yubileylarini keng nişonlaş töğrisida”gi hujjati loyihasi e'lon qilindi.
Madaniyat vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Teatr arboblari uyuşmasi hamda keng jamoatçilikning 2020 yil davomida ma'rifatparvar alloma va jamoat arbobi Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 145 yilligi, Özbekiston xalq artistlari Olim Xöjayev va Soyib Xöjayev tavalludlarining 110 yilligi, Özbekiston xalq yozuvçilari Said Ahmad, Asqad Muxtor hamda atoqli olimlar Sa'di Sirojiddinov va Ibrohim Hamroboyevlar tavalludlarining 100 yilligi, Özbekiston xalq şoiri Jumaniyoz Jabborov tavalludining 90 yilligi, Özbekiston xalq yozuvçisi Şukur Xolmirzayev tavalludining 80 yilligi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, şoir Şavkat Rahmon, Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin A'zam hamda Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim tavalludlarining 70 yilligini mamlakat miqyosida keng nişonlaş töğrisidagi taklifi qöllab-quvvatlanişi mumkin.
Tavallud sanalari nişonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yubiley tadbirlarini taşkil etişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça taşkiliy qömita hamda yubiley tadbirlarni keng nişonlaş böyiça çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Taşkiliy qömitaga Tavallud sanalari nişonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yubileylarini nişonlaş doirasida ötkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada taşkil etiş, belgilangan çora-tadbirlar sifatli amalga oşirilişini muvofiqlaştirib boriş, yuzaga keladigan masalalarni öz vaqtida hal etiş vazifalari yuklatiladi.
Madaniyat vazirligi, Yozuvçilar uyuşmasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, “Özbekkino” Milliy agentligi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga Tavallud sanalari nişonlanadigan ijodkorlar va olimlarning yubileylarini nişonlaş bilan boğliq çora-tadbirlar doirasida:
ma'rifatparvar alloma va jamoat arbobi Mahmudxöja Behbudiy, Özbekiston xalq yozuvçilari Said Ahmad, Asqad Muxtorlarning saylanma asarlarini naşrga tayyorlaş va çop etiş;
tavallud sanalari nişonlanadigan ijodkorlar va olimlarning hayoti va faoliyati haqida hujjatli filmlar va körsatuvlar tayyorlaş va namoyiş etiş;
ularning adabiy asarlari asosida spektakllar sahnalaştiriş, badiiy filmlar yaratiş;












