“Özbekiston Fanlar akademiyasi taşkil topganligining 80 yilligiga bağişlangan yubiley tadbirlarini ötkazişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, Fanlar akademiyasining yubiley tadbirlari 2023 yil 12–14 dekabr kunlari Toşkent şahrida ötkaziladi.
Şunga köra, quyidagilar taşkil etiladi:
- “Ilm-fan – Yangi Özbekiston poydevori” mavzusida xalqaro konferensiya;
- Innovatsion işlanmalar körgazmasi;
- Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga (akademiklikka) tanlov;
- “Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tarixi” ekspozitsiyasi.











