Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volkswagen elektr mikroavtobuslar ishlab chiqaradigan ko‘rinadi
Germaniyaning Volkswagen konserni shartli ravishda MPV deb nomlangan elektr mikroavtobuslar ishlab chiqarish jarayoniga kirishdi. Yetti kishilik yangi mahsulot, AutoCar nashrining yozishicha, modul platformasida ishlab chiqariladi. U tijoriy va xalq uchun mo‘ljallangan namunalar kabi bir necha ko‘rinishda bo‘ladi.
Mikroavtobusning kuch agregati suyuqlik bilan sovutiluvchi litiy-ionli akkumulyatordan quvvatlanadi. Shu sababli, MPV bir marta quvvatlangach, 500 kmgacha masofani ortda qoldira oladi. Xabar qilinishicha, VW Modular Electric Drive (MEB) shassisi negizida ishlab chiqarilishi mumkin. Ushbu platforma asosida VW I.D. mikroavtobusi ishlab chiqilgan.

Hozircha, konsern vakillari mazkur ma'lumotga izoh berishgani yo‘q. Ammo, Volkswagen tomonidan avval berilgan bayonotlarga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchisi yaqin bir necha yilda elektr motor yordamida harakatlanuvchi avtomobillari sonini va turini ko‘paytirishni rejalashtirgan. 2025 yilga kelib, bir necha namunadagi shunday avtomobillar mijozlar e'tiboriga havola etiladi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026