Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyalik mashhur tennischiga pichoq bilan hujum qilindi
Qurollangan bosqinchi jahonning sobiq 2-raqamli ayol tennischisi va Riodagi Olimpiada bronza medali sohibasi, chexiyalik Petra Kvitovaga uning kvartirasida hujum qilib, 5 ming kron pulini o‘g‘irlab ketdi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi 26 yoshli tennischining uyiga hisoblagichlardagi ko‘rsatmalarni yozib olish bahonasida kirgan. U Kvitovaga jarohat yetkazib, unga tegishli 5 ming kronni o‘g‘irlab, qochib ketgan. Hozirda politsiya jinoyatchini qidirmoqda.
Hujum oqibatida Uimbldonning ikki karra chempioni pichoqdan olingan jarohat bilan shifoxonaga tushgan. Uning chap qo‘li payi jarohat olgani qayd qilingan.
Tennischi birinchi marta Uimbldonni 2011 yilda Mariya Sharapova bilan bahsda yutgan. Joriy yil noyabrida sportchi Chexiya terma jamoasi safida 5-marotaba Federatsiya Kubogini qo‘lga kiritgan.
Ta'kidlash joizki, bu mashhur ayol tennischiga pichoq bilan hujum qilingan birinchi hodisa emas. 1993 yilda o‘sha paytdagi 1-raqamli tennischi Monika Selesh tennis kortining o‘zida hujumga uchragan: boshqa bir mashhur tennischi Shteffi Grafning muxlisi uning orqasidan pichoq urgandi.
Selesh olingan jarohatlardan uzoq vaqt davolanib, yana kortga qaytgan. Biroq u avvalgidek kuchli o‘yin ko‘rsata olmagan va Katta dubulg‘a seriyasiga kiruvchi bir musobaqagina yuta olgan. Hujumgacha uning hisobida 8 ta shunday musobaqalar g‘olibi unvoni bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
15:18 / 19.02.2026
Qo‘qonda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilindi
18:51 / 13.02.2026
Texas osmonidagi mojaro: Meksika kartellarining dronimi yoki Pentagonning yangi quroli?
12:48 / 04.02.2025