Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ferrari tezligi soatiga 140 kilometrga yetishi mumkin bo‘lgan bolalar superkarini taqdim etdi
Ferrari kompaniyasi 250 GT California Spider modelining kichiklashtirilgan nusxasini taqdim etdi. The Classic Driver’ning xabar berishicha, bolalarga mo‘ljallangan mashina Gollandiyaning Classic Youngtimers Consultancy savdo firmasi tomonidan yangi yil sovg‘asi tariqasida taklif etilgan.
Mashina to‘rt taktli dvigatelga ega bo‘lib, tezligi - soatiga 70 kilometrga yetishi mumkin. Uning sozlash qurilmasidagi bir qator xususiyatlarini o‘zgartirish esa – soatiga 140 kilometr tezlikka yetish imkonini beradi. Transport vositasining qiymati deyarli 14 ming yevroni tashkil qiladi. Avtomobil nomi oshkor etilmayotgan xaridor tomonidan sotib olingan.
Shuningdek, bir necha boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan ham bolalarga mo‘ljallangan mashinalar taqdim etilgan. Jumladan, Britaniyaning McLaren kompaniyasi 2016 yilda P1 rodsterining kichraytirilgan nusxasini taqdim etgan bo‘lsa, Tesla’da ham bir qator shunday “o‘yinchoqlar” bor.
Mavzuga oid
20:43 / 26.05.2026
Ferrari birinchi elektromobilini taqdim etdi
16:05 / 10.09.2025
2,3 soniyada 100 km tezlikka chiqadi: Ferrari 1050 ot kuchiga ega Testarossa’ni taqdim etdi
14:17 / 25.01.2025
Trampga tegishli bo‘lgan Ferrari 1 mln dollarga auksionga qo‘yildi
15:21 / 14.11.2024