Jamiyat | 16:11 / 20.12.2016
6552
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy fuqarosi AQSh harbiy texnologiyalarini o‘g‘irlaganiga iqror bo‘ldi

Foto: © Fotolia

AQShning United Technologies (UTRC) tadqiqot markazida ishlagan xitoylik o‘z qilmishlariga iqror bo‘ldi. Xitoy xalq respublikasi fuqarosi Yuy Lun, muhim harbiy texnologiyalar va hujjatlarni o‘g‘irlab, ularni Xitoyga topshirganini tan oldi, deb xabar qilmoqda AQSh adliya vazirligi matbuot xizmati. 

"Lun qilayotgan o‘g‘irligi Xitoy harbiy sanoatiga foydali bo‘lishini anglagan holda, muhim harbiy texnologiyalar va hujjatlarni o‘margan. Shu bilan, AQShning Xitoyga nisbatan joriy qilgan aslahalar va texnologiyalar bo‘yicha embargosi (U.S. Munitions List technology)ni qasddan buzgan", — degan AQSh bosh prokurori yordamchisi v.b. Meri Makkord.

Amerika adliya vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda yashash va ishlash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan 38 yoshli Lun jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangani va tijoriy sirni xorijiy hukumatga oshkor qilganini tan olgan. Mazkur jinoyat uchun eng ko‘p qamoq jazosi 15 yilni tashkil etadi. U, shuningdek, qurol-yarog‘lar eksportini nazorat qilish to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgan. Buning uchun, u 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 

Sud hujjatlarida qayd etilishicha, 2008 yil mayidan 2014 yil mayiga qadar Lun  UTRC’da bosh muhandis bo‘lib ishlagan. Uning faoliyati F119 va F135 qiruvchi samolyotlari uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. 

2014 yilda Xitoyga qaytgan Lun qator universitetlar va ilmiy institutlar bilan hamkorlik qilgan. 

Adliya vazirligining ma'lum qilishicha, ayblanuvchiga nisbatan necha yil tayinlash borasida xulosaga kelingani yo‘q. U qo‘lga olinganidan beri, vaqtinchalik hibsda saqlanadi. 

 

Mavzuga oid