9 iyulga o‘tar kechasi AQSh harbiylari yana Eronga qarshi zarbalar berdi. «Bu Eron tomonidan kecha kemalarning bombardimon qilinganiga javob chorasidir. Agar bu yana takrorlansa, vaziyat bundan ham yomonlashadi!» deb yozdi Tramp o‘zining platformasida.
Keyinroq Donald Tramp Turkiyadagi NATO sammitidan qaytish yo‘lida Buyuk Britaniyadagi harbiy bazada jurnalistlarga bayonot berdi.

«Biz ularga juda qattiq zarba berdik. Va men aytgan bo‘lardimki, biz ularga 20 ga 1 nisbatda zarba berdik. Har safar ular bizga zarba berganda, biz ularga 20 barobar qattiqroq qaytaramiz. Va biz buni o‘tgan kecha amalga oshirdik», dedi u.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh kuchlari so‘nggi zarbalarda Eronning taxminan 90 ta harbiy nishoniga shikast yetkazgan. Bularga havo hujumidan mudofaa tizimlari, qirg‘oqni kuzatish vositalari, raketa va dronlar saqlanadigan omborlar, harbiy-dengiz salohiyati hamda Eron qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab joylashgan harbiy logistika infratuzilmasi kiradi.

Eronda 3 kishi halok bo‘ldi

Eron davlat ommaviy axborot vositalari janubi-g‘arbdagi Ahvaz shahrining chekka hududlariga AQShning tunda amalga oshirgan yangi hujumlari oqibatida uch kishi halok bo‘lgani va yana bir necha kishi jarohatlanganini ma’lum qildi.

Reuters’ga ko‘ra, AQSh zarbalari asosan Eronning janubiy qirg‘oqlari bo‘ylab, Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan Ummon ko‘rfazigacha bo‘lgan hududlarda amalga oshirilgan.

Nishonga olingan joylar orasida quyidagilar bor: