Jahon | 17:49 / 20.12.2016
4181
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston va Hindiston rahbarlari qator hujjatlarni imzolashdi
Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambayev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uchrashuvi yakunida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolangan, deb xabar qilmoqda 24.kg sayti.
Qirg‘iz respublikasi rahbarining Hindistonga davlat tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, sayyohlik, yoshlar ishlari, sport va jismoniy tarbiya sohalari hamda harbiy va diplomatik ta'lim yo‘nalishlariga oid anglashuv memorandumlari imzolangan.
Tomonlar, shuningdek, Qirg‘iziston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama investitsiya shartnomasini ham qabul qilishgan.
Mavzuga oid
16:52
Qirg‘iziston va O‘zbekiston «Ishbilarmonlar kengashi»ni tashkil etadi
16:36
Hindistonda havo ifloslanishi millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:10
Tasodifan ehson qutisiga tushib ketgan iPhone uning egasiga qaytarilmadi
17:54 / 29.12.2024