Foto: Rossiya harbiy-siyosiy jamiyati

18 may kuni Moskva şahrida Rossiya–Qirğiziston ekspert-maslahatlaşuv kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda rossiyalik va qirğizistonlik tarixçilar iştirok etdi.

Bu kengaş 2025 yilda ikki davlat örtasida tuzilgan anglaşuv memorandumi asosida taşkil etilgan bölib, uning maqsadi – ikki mamlakatning umumiy tarixini darsliklarda oçib beriş yönalişidagi harakatlarni muvofiqlaştirişdan iborat.

Yiğiliş taşkilotçisi – Rossiya harbiy-siyosiy jamiyati xabariga köra, hozirda tomonlar bir-birlaridagi maktab tarix darsliklarini örganib çiqiş jarayonini yakunlagan. Endi tarixiy jarayonlar böyiça darsliklardagi pozitsiyalarni bir-biriga yaqinlaştiriş borasida muhokamalar ketmoqda.

“Hozir xalqlarning tarixiy xotirasini qayta şakllantiriş böyiça global qarama-qarşilik, global kuraş ketyapti. Öylaymanki, tarix böyiça Rossiya–Qirğiziston ekspert-maslahatlaşuv kengaşining bugungi yiğilişi – ana şu kuraşning bir qismi. Biz birga bölişimiz kerak. Bizda umumiy pozitsiyalar bölişi lozim. Umumiy bölmasa, pozitsiyalarimizni yaqinlaştirişimiz zarur. Birgalikda umumiy yondaşuvlar işlab çiqiladigan bunday muhim uçraşuvga bizni taklif qilganingiz uçun şaxsan özim va delegatsiya nomidan yana bir bor minnatdorçilik bildiraman”, – degan Qirğiziston Milliy fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori, kengaşning qirğizlar tomonidan koordinatori Ablabek Asankanov.

Yiğilişda Rossiya tomoni öz tarix darsliklariga qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovni kiritişini ma’lum qilgan.

“Bugun biz har qanaqa masalalarni, şu jumladan unçalik yoqimli bölmagan mavzularni ham muhokama qildik, çunki ba’zi tarixiy baholar haqiqatan ham farq qiladi. Lekin eng asosiysi, bizning qirğiz döstlarimiz va yelkadoşlarimiz 1990-yillarda köp ma’nili narsalar yöqotilganini tuşunib turişibdi”, – degan RF prezidentining gumanitar sohadagi davlat siyosati boşqarmasi boşliği örinbosari, Rossiya harbiy-siyosiy jamiyati raisi örinbosari Nikolay Ovsiyenko.