19:36 / 20.12.2016
51145

Tarmoqda marhum elchi Karlovning o‘ldirilishi tasvirlangan yangi video paydo bo‘ldi

Internetda Rossiyaning Turkiyadagi elchi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan bir daqiqa avval olingan yangi video paydo bo‘ldi. Yozuvda jinoyatchining elchiga hujum qilishga qanday tayyorgarlik ko‘rganini ko‘rish mumkin.

Avvalroq, tarmoqda jarohat olgan elchining yiqilishi tasvirlangan boshqa bir video ham tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Anqarada 19 dekabr kuni qurollangan erkak Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga fotoko‘rgazma ochilishida hujum qildi. Diplomat olingan jarohatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Qotil esa politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. U yana uch kishini jarohatlashga ulgurgani xabar qilindi. 

Terrorchining ismi Mevlud Mert Oltintosh ekani ma'lum qilingan. U Anqara politsiyasida bir necha yil davomida xizmat qilgan, biroq hodisa yuz bergan kuni o‘z xizmat vazifasini bajarmayotgan bo‘lgan.
 

Top