O‘zbekiston | 20:02 / 21.12.2016
27501
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident virtual qabulxonasi ochilishi haqidagi xabar tasdiqlanmadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi ochilishi haqidagi xabar hozircha tasdiqlanmadi.

Manbalarning ma'lum qilishicha, bugun Interkontenental mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirda bunday deyilmagan.

Tadbirni olib borgan taniqli jurnalist, bloger, siyosatshunos, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Sherzod Qudratxo‘jayev prezident tashkilotlarda virtual qabulxonalar ochilayotgani prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida gapirgan. Uning bu mavzudagi so‘zlari esa tadbirda ishtirok etgan jurnalistlar tomonidan boshqacha talqin etilgan.

Xususan, mahalliy nashrlardan biri yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi ochilishi haqida yozdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid