Jahon | 22:11 / 22.12.2016
6871
1 daqiqa o‘qiladi

Halabga xalqaro kuzatuvchilar kelishdi

Foto: RIA

Suriyaning Halab shahriga monitoring missiyasini o‘tkazish uchun xalqaro kuzatuvchilar kelishdi, deb xabar bermoqda BMTga iqtibos keltirgan holda "Frans Press" axborot agentligi. 

"Mahalliy va xalqaro xodimlardan iborat 31 kishi Ramusga (Halab tumanlaridan biri) kiraverishda turishibdi", deb ma'lum qildi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarmasi rasmiy vakili Yyens Lerke. Ramusda evakuatsiya punkti joylashgan.

Avvalroq BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Yan Egelann xalqaro kuzatuvchilarga Suriyada himoya taqdim qilinishi kerakligini aytgandi. Uning aytishicha, bu 31 nafar kuzatuvchi hozirda sharqiy Halabda bo‘lgan 100 nafar xodimga qo‘shiladi.

BMT Xavfsizlik kengashi 19 dekabrda Halabdan tinch aholini evakuatsiya qilishni monitoring qilish uchun xalqaro kuzatuvchilarni joylashtirish hamda aholiga gumanitar yordamni yetkazishga imkon berish va tibbiy muassasalarni himoya qilishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgandi. 

 

Mavzuga oid