Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda Google bilan birga haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqarmoqchi
Yaponiyaning Honda Motor Co avtomobil korporatsiyasi Google Inc kompaniyasi bo‘linmalaridan biri bilan haydovchisiz avtomobillar yaratish bo‘yicha hamkorlik borasidagi muzokaralar boshlanganini ma'lum qildi. Gap Honda Motor mashinalarida Google tarkibiga kiruvchi Waymo firmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan avtomatik boshqaruv texnologiyasini qo‘llash haqida ketmoqda.
Xabar qilinishicha, bu yangilik o‘zaro hamkorlikdagi ishlanmalarda foydalaniladi. Yangi turdagi avtomobillar ishlab chiqarish esa nazarda tutilmagan.
Honda Motor haydovchisiz boshqariladigan mashinalar yaratish sohasida tobora kuchayib borayotgan raqobatda oldingi o‘rinlarga chiqib olish niyatida.
Kelishuv amalga oshadigan bo‘lsa, Honda avtomobillari Waymo tomonidan AQShning turli hudularida sinovdan o‘tkazilayotgan haydovchisiz mashinalar safini to‘ldiradi. Yaponiya korporatsiyasi 2020 yilda tezkor yo‘llarda haydovchisiz harakatlana oluvchi avtomobillarni taqdim etish niyatida.
Waymo esa Fiat Chrysler korporatsiyasi bilan hamkorlik borasida bitimga erishib bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026