Jamiyat | 23:33 / 22.12.2016
28460
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qotillik sodir etgan o‘zbekistonlik uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Voronej viloyatidagi ibodatxona bosh ruhoniynisini o‘ldirgani uchun qattiq tartibdagi axloq-tuzatish koloniyasida jazoni o‘tash bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda Rossiya tergov qo‘mitasi.

Tergov va sud 2015 yil oktabrda 26 yoshli qotil Voronej viloyatidagi Puzevo qishlog‘ida jinoyat qurboni – ruhoniy bilan uning uyida ibodatxonada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ta'mirlash ishlarini muhokama qilishgan. O‘zbekistonlik ruhoniyning mulkini qo‘lga kiritish maqsadida uni o‘ldirgan. U o‘z qabih niyatini amalga oshirish uchun oshxonadan pichoq olib, ruhoniy oldiga qaytib, uning badaniga pichoq urgan. 

Jinoyatchi garajdan avtomobil va 580 ming rubldan ko‘proq mol-mulkni o‘g‘irlab, voqea joyidan qochib ketgan. Ruhoniy olingan jarohatlardan halok bo‘lgan.

Erkak bu jinoyatni sodir etish gumoni bilan qo‘lga olingan hamda o‘z aybini tan oluvchi ko‘rsatmalar bergan. 

Tergov harakatlari o‘tkazilishi vaqtida ruhoniydan o‘g‘irlangan mol-mulk topilgan va musodara qilingan. Ular ko‘rib chiqilib, ashyoviy dalil sifatida jinoiy ishga biriktirib qo‘yilgan. 

Shuningdek, ruhoniy qarindoshining 116 ming rubl miqdorida moddiy zarar va 800 ming rubl miqdorida ma'naviy zararni qoplash bo‘yicha da'vosi qondirilgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid