Özbekistonning Polşadagi elçixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tuşib qolgan ikki nafar vatandoş Özbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinişiça, elçixonaga ikki nafar vatandoş murojaat qilgan. Ulardan biri — Namangan viloyatidan bölgan fuqaro salomatligidagi muammo sabab oğir ahvolga tuşgan. Ikkinçi fuqaro esa Qaşqadaryo viloyatidan bölib, moliyaviy qiyinçilik hamda hujjatlarini yöqotgani bois yordam söragan.

Elçixona vakillari mazkur fuqarolarni Özbekistonga qaytariş uçun zarur çora-tadbirlarni amalga oşirgan. Xususan, betob bölib qolgan vatandoş insult taşxisi bilan tibbiy muassasada davolangan. Polşa tibbiyot muassasasi tavsiyasiga muvofiq, unga parvozga ruxsat berilgunga qadar zarur tibbiy yordam körsatilgan.

Şuningdek, ikkinçi vatandoşga vatanga qaytiş uçun zarur bölgan hujjatlar rasmiylaştirib berilgan.

Fuqarolarni Özbekistonga qaytariş Varşava—Riga yönalişida maxsus transport orqali, Riga—Toşkent yönalişida esa aviareys bilan amalga oşirilgan. Har ikki fuqaro uçun Latviyaga kiriş ruxsatnomalari rasmiylaştirilib, tranzit harakati ta’minlangan. Rigagaça transport xizmatlari taşkil etilgan va aviaçiptalar xarid qilingan.

Qayd etilişiça, aviaçipta xarajatlari Özbekiston Migratsiya agentligi hisobidan qoplangan.