Rossiya Federatsiyasi Inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova Rossiya hududida sudlangan va jazo ötayotgan 3 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosini yurtiga topşiriş imkoniyati borligini ma’lum qildi.

Uning aytişiça, Rossiya bu masalada amaliy yordam körsatişga tayyor. Ammo mahkumlarni Özbekistonga ötkaziş jarayonini boşlaş uçun respublika 1998 yilda qabul qilingan ozodlikdan mahrum etilgan şaxslarni keyingi jazoni ötaş uçun topşiriş töğrisidagi xalqaro şartnomaga qöşilişi lozim.

Moskalkova uşbu masalani MDH Inson huquqlari komissiyasi yiğilişida kötargan. Uning ta’kidlaşiça, ayni paytda Rossiya mazkur konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar bilan şunday tartibda hamkorlik qilib kelmoqda.

Ma’lum qilinişiça, uşbu xalqaro kelişuv Rossiya bilan bir qatorda Belarus, Tojikiston, Qozoğiston, Armaniston va Qirğizistonda ham amal qiladi. Mazkur mexanizm orqali uşbu davlatlar fuqarolari, agar ular boşqa iştirokçi davlat hududida sudlangan bölsa, jazoni öz mamlakatida ötaş imkoniga ega böladi.

Uşbu tartibning asosiy maqsadi mahkumlarning ijtimoiy reabilitatsiyasini yengillaştiriş, ularning oilasi va yaqinlariga yaqin muhitda jazo ötaş imkoniyatini yaratişdan iborat. Şu bois, bunday amaliyot insonparvarlik tamoyillariga mos mexanizm sifatida baholanadi.