14:32 / 23.12.2016
5744

Yamanda kamida 30 husiychi aviazarbalar oqibatida halok bo‘ldi

Foto: Google image

Yamanda Saudiya Arabistoni harbiylari tomonidan arab koalitsiyasi ko‘magida berilgan aviazarbalar oqibatida kamida 30 husiychi halok bo‘ldi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar bermoqda.

Shuningdek, husiychilarning Saudiya Arabistoni chegaralari tomon harakatlangan bir necha harbiy transport vositalari ham yo‘q qilindi. Xabar qilinishicha, zarbalar Saudiya Arabistoni chegarasiga yaqin hududlar qurollangan tuzilmalar tomonidan tungi vaqtlarda o‘qqa tutilishiga javoban berilgan.

Amaliyotda aviatsiya va artilleriya bo‘linmalari ishtirok etdi. Ular harbiy vertolyotlar ko‘magida harakatlangan.

Oktyabrda Yaman prezidenti Abdu Rabbu Mansur Hodiy BMT tomonidan mamlakatdagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish rejasini rad etgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top