Inson immuniteti quyosh nuriga bog‘liqmi?

Foto: Flickr/Julius Muschalek
Amerikalik tadqiqotchilar inson immuniteti eng muhim hujayralarining faolligi quyosh nuri orqali boshqarilishini aniqlashdi. Bu zamonaviy hayot tarzi inson immunitetining to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilishini bildirishi mumkin. Scientific Reports jurnalida shu mavzuda maqola chop etildi.
Tadqiqotlar davomida mutaxassislar quyosh nuri insonning T-limfotsitlari harakatchanligini keskin ko‘tarishini, T-limfotsitlar esa - inson immunitetining eng muhim qismi ekanini isbotlab berishdi. Ular begona antigenlarni tashuvchi hujayralarni (deyarli barcha "yov" hujayralarni) izlash, aniqlash va yo‘q qilishni ta'minlashadi. Saraton hujayralari bilan ham aynan ular kurash olib borishadi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, quyosh nuridagi ko‘rinuvchi ko‘k yorug‘lik bilan nurlanish vaqtida T-limfotsitlarda vodorod peroksidi hosil bo‘ladi. U biokimyoviy jarayonlarni, shu jumladan T-limfotsitlar harakatini faollashtiradi va bu kasalliklarni keltirib chiqaradigan "yov" hujayralarini topib, ularni yo‘q qilishga yordam beradi.
Inson taraqqiyot asriga qadar quyoshdan yetarlicha ko‘k rangdagi yorug‘likni olgan. Bugun esa u deyarli yopiq inshootlarning ichida yashaydi, tabiiyki, bu quyosh nuri yetishmovchiligiga olib keladi. Bu teridagi T-limfotsitlar harakatlari va kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bilan kurashish sekin kechishidan dalolat beradi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, agar ko‘k rangdagi yorug‘lik bilan nurlanish organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatmasa, uni immunitetida muammosi bo‘lgan kishilarga nisbatan qo‘llash mumkin. Olimlar shuningdek ko‘zning xiralashishi aynan quyoshda kam yurishning oqibati ekanligini taxmin qilishmoqda. Bir necha oy ilgari ko‘k rangdagi nurning jarrohlik amaliyoti vaqtida inson ichki organlariga ziyon yetishidan himoyalashi ham aniqlangan edi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Parij va London bilan yadroviy tiyib turish masalasini muhokama qilishga tayyor
Jahon | 07:53
-
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 07:39
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
Mavzuga oid

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

00:10 / 23.03.2025