Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venger O‘zilni himoya qildi

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Mesut O‘zilni uni tanqid qilayotgan muxlislardan himoya qildi.
APLning 17-turida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan va 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yindan keyin muxlislar ushbu germaniyalik futbolchini o‘yinda bor kuchi bilan harakat qilmaganlikda ayblagandi.
«Men tanqidlarga e'tibor qaratmayman. Odamlar o‘yinni tahlil qilishadi, o‘z fikrlarini bildirishadi va ular bunga haqli. Bu normal holat. Biz ham bu fikrlarga o‘z munosabatimizni bildirishimiz mumkin. Men O‘zilga maydonda istaganingcha o‘yna demaganman.
Qachonki, jamoa to‘psiz bo‘lganida u boshqalar qilayotgan ishni qiladi, ya'ni to‘pni olib qo‘yish uchun pressingda ishtirok etadi. Mesut – maydonda chin dildan mehnat qiladigan futbolchi. O‘yinda muvaffaqiyatsiz harakatlardan qochib qutulib bo‘lmaydi. Ammo men aytishim mumkinki, u o‘z ishini yaxshi bajaradi», — deya Vengerning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.
Joriy mavsumda Mesut O‘zil APL doirasidagi 16 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi va 2 golga uzatma berdi.
Quyidagi videodan jamoa muxlislari nega xafa bo‘lishganini tushunish mumkin. Bu videoda O‘zil raqib to‘p bilan muomila qilayotganida o‘z oldidan bir necha marta o‘tgan to‘pni olib qo‘yish uchun intilmagani ko‘rinadi.

Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobil yonib ketdi
Jamiyat | 07:59
-
GUR: Belarus vertolyoti Rossiya dronini urib tushirdi
Jahon | 07:50
-
Xitoy Trampning Rossiya hamkorlariga bojlar joriy etish rejasiga qarshi chiqdi
Jahon | 07:48
-
Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi bo‘linma boshlig‘i ushlandi
Jamiyat | 07:28
Mavzuga oid

11:20 / 04.12.2019
Tomoshabinlar tashrifi: Superligada eng ko‘p muxlis qaysi klub va shaharlarda?

12:30 / 05.05.2019
Fotoreportaj: Stadionda muxlislik shavqi. «Navbahor» – «So‘g‘diyona» bahsida 25 ming tomoshabin

21:49 / 04.04.2019
PFL klublardan chipta narxini oshirib, muxlislarni quyosh tagiga «haydash»ni talab qildi

23:33 / 25.09.2018