Jahon | 19:49 / 24.12.2016
12639
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini tanqid qildi

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa Ittifoqini qochqinlar ehtiyoji uchun kichik hajmda mablag‘ ajratayotgani uchun tanqid qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

«YeI 1 iyulga qochqinlarga 3 milliard yevro ajratishni va'da qilgandi. Biroq, hozir kunda atigi 677 million dollar berildi. Bu mablag‘lar Turkiya byudjyetiga kelmaydi, va ular Qizil Yarim oy hamda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Boshqarmaga (turk bo‘limlari) berilgan pullardir. Ular xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari tomonidan kelgan. Biroq YeI 3 milliard dollar haqida gapirgandi. Bu pullar qayerda?» - dedi Erdo‘g‘an.

Prezidentning ta'kidlashicha, «YeI mamlakatlari byudjyeti Turkiyadan ancha ko‘proqdir» hamda va'da qilingan mablag‘ni ajratishdan bosh tortish blok davlatlari «insonparvalik, og‘ir ahvoldagi kishilarning tashvishi haqida o‘ylamayotganidan» dalolat beradi.

«Bu haqda faqat Turkiya bosh og‘ritmoqda. Biz qochqinlarning ehtiyojiga o‘zimizning 20 milliard yevro mablag‘imizni sarfladik. O‘rta yer va Egey dengizlarida joriy yilda halok bo‘lgan deyarli 6 ming kishining o‘limiga hech qanday e'tibor berilmadi. Bu borada hech qanday choralar ko‘rilmadi», - deya xulosa qildi turk rahbari.

 

Mavzuga oid