23:43 / 24.12.2016
9648

Infantino nima uchun JCh ishtirokchilari sonini oshirmoqchi ekanini ma'lum qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish borasida fikr bildirdi.

"O‘ylashimcha, bugungi kunda jahon chempionati shunchaki futbol musobaqasi emas. Bu ijtimoiy hodisa. Futbol rivojlanishi va darajasi ilgarilab ketdi.

APLda 69 ta mamlakatdan kelgan futbolchilar to‘p surishadi. Misol uchun, 2014 yilgi jahon chempionatida Kosta-Rika Italiya va Angliya bor guruhdan chiqdi. Kosta Rika yaxshi jamoa, ammo bu Messisi bor Argentina yoki Neymari bor Braziliya emas. 

Futbol allaqachon Yevropa va Janubiy Amerikadan iborat emas. Shu sababli biz buni hurmat qilib, jahon chempionati ishtirokchilarini ko‘paytirishimiz kerak. Yangi formatdagi musobaqani 32 kunda o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Bo‘lajak chempion 12ta stadiondan iborat musobaqada 7ta uchrashuv o‘tkazadi. Bunda faqat ijobiy holatlar mavjud, chunki futbol barcha uchun ochiq. 3ta jamoadan iborat 16ta guruh, so‘ng pley-off bosqichi. Biz buni 2026 yilda ko‘ramiz", – dedi Infantino. 

Top