Jamiyat | 10:38 / 24.12.2016
7493
1 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Klichko 110 yoshli muxlisi bilan uchrashdi

Foto: @klitschko_official

Ukrainalik bokschi, og‘ir vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Vladimir Klichko o‘zining eng keksa muxlisi bilan uchrashdi. Fotosurat bokschining Instagram’dagi sahifasida chop etilgan.

«Bu uchrashuv har ikki tomonning Rojdestvo tilagi edi. U mening eng keksa muxlisim - 110 yoshli Smuda xonim» - deya yozgan Klichko.

Ma'lumot uchun, 40 yoshli Klichko navbatdagi jangini britaniyalik Entoni Joshuaga qarshi o‘tkazadi. Bahs kelasi yilning 27 aprel kuni Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Joshua egalik qilayotgan Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionlik kamari va WBA superchempioni bo‘yicha ochiq turgan kamar uchun g‘olib nomi aniqlanadi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid