Manbaning ma'lum qilishicha, DAZN striming platformasi aka-ukalarning kichigiga jahon boksi yetakchilari bilan 3 ta jang o‘tkazishi uchun shuncha pul to‘lashga tayyor.

Barcha janglar 2019 yilda tashkillashtiriladi va may, sentabr hamda dekabrda o‘tkaziladi. Janglardan birinchisi Germaniyada, qolgan ikkitasi Londondagi “Uembli” stadionida britaniyalik bokschilar Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga qarshi o‘tishi mumkin.

25 martda 43 yoshini qarshilaydigan Klichko 2017 yilda Joshuadan mag‘lubiyatga uchragach, faoliyatini yakunlashini e'lon qilgandi. 

E'tiborlisi, sobiq bokschi joriy yanvarda faoliyatini tiklashi haqidagi gaplarni rad etgandi.