Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grizmann: YeChL finalidagi mag‘lubiyat Yevro-2016 finalidagi muvaffaqiyatsizlikdan ko‘ra og‘irroq bo‘lgandi
«Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmann 2016 yil Chempionlar Ligasida «Real»ga qarshi kechgan va penaltilar seriyasidagi mag‘lubiyat bilan tugagan o‘yin uning uchun Fransiya terma jamoasining Yevro-2016 finalidagi muvaffaqiyatsizligidan ham alamli bo‘lganini tan oldi.
«Chempionlar Ligasidagi mag‘lubiyatni hazm qilish juda qiyin kechdi. Ikki final ham biz uchun muhim edi, lekin YeChLdagi mag‘lubiyat Yevro-2016 finalidagi muvaffaqiyatsizlikdan ham ko‘ra alamli bo‘lgan.
Biz 2 hafta faqat «Real»ga qarshi o‘ynash uchun tayyorlangan, hatto g‘alabamizni qanday nishonlashni ham orzu qilgandik. Afsuski alamli mag‘lubiyatga uchragan edik», deya Grizmanning so‘zlarini keltirgan GQ.
Mavzuga oid
14:09
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
16:33 / 30.01.2026
«Real» yana «Benfika»ga qarshi o‘ynaydi. YeChL o‘tish bosqichiga qur’a tashlandi
13:37 / 29.01.2026