Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi ishga tushdi.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga muvofiq 2017 yil O‘zbekistonda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilindi. Bu tibbiyot xodimlari zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Ana shundan kelib chiqib, Siz azizlar bilan yanada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, hayotiy ehtiyojlaringiz to‘g‘risida yaqindan bilish, xususan, yurtimizda ko‘rsatilayotgan kafolatlangan hamda boshqa tibbiy xizmat turlari bo‘yicha hal etilmagan muammo, ariza, shikoyat yoki takliflaringizni atroflicha o‘rganib, ularga o‘z vaqtida yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etildi.
Endilikda Siz vazirligimizning rasmiy veb-sayti www.ssv.uz, shuningdek, shu internet manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta yoxud telefon orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z murojaatlaringizni yuborishingiz mumkin.
Murojaatingiz shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan ko‘rib chiqiladi, nazoratga olinadi va qonun doirasida hal etiladi", deyilgan vazirlik matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Ishonch telefoni” raqami - 1003
Mavzuga oid
23:23 / 29.11.2025
Vazirliklar xodimlarining soliq qarzi haqida ma’lumot berib boriladi
08:00 / 30.10.2024
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
11:41 / 13.09.2024
Yana uchta vazirlikning 100 dan ortiq boshqaruv xodimlari tadbirkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi
15:06 / 09.09.2024