Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va taşkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş holatlari yuzasidan örganişlar ötkazdi.

Ma’lum qilinişiça, Transport, Maktabgaça va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari va ularning tizim taşkilotlari örganilganda, ularda faoliyat yuritayotgan 116 nafar boşqaruv xodim 107 ta tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sisçilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi aniqlandi. Jumladan:

  • Transport vazirligining 50 nafar boşqaruv xodimlari 55 ta tadbirkorlik sub’yektlarida;
  • Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining 37 nafar boşqaruv xodimlari 39 ta tadbirkorlik sub’yektlarida;
  • Madaniyat vazirligining 20 nafar boşqaruv xodimlari 22 ta tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sisçilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Yuqoridagi holatlarini bartaraf etiş böyiça mazkur vazirliklarga Agentlik tomonidan taqdimnomalar kiritilgan, «tadbirkor» xodimlarga nisbatan ogohlantiriş xatlari berilgan. Şuningdek, qayd etilgan qonunbuzilişi holatlari bartaraf etilmoqda, deyiladi Aksilkorrupsiya agentligi bayonotida.

Avvalroq, agentlik ötkazgan örganişlarda, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Suv xöjaligi va Qişloq xöjaligi vazirliklarida işlayotgan 398 nafar boşqaruv xodimlari ham tadbirkorlik sub’yektlarida ta’sisçilik asosida faoliyat yuritayotgani aniqlangan edi.

Ma’lumot uçun, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunining 4-moddasiga asosan «davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari, şuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan boşqa şaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bölişi mumkin emasligi», belgilangan.

Şuningdek, «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunining 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişga, ularning muassisi (iştirokçisi) bölişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajarişga davlat fuqarolik xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar örnatilgan.