Light | 19:01 / 26.12.2016
5729
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalikning faoliyati davomidagi vaqtinchalik tanaffusi 500 ming dollarga tushadi

So‘rovlarga ko‘ra, o‘z faoliyati davomida bir necha yilga “tanaffus” olish amerikaliklarga yuz minglab dollarga tushishi mumkin, deb yozadi Market Watch.

Nashrning misol keltirishicha, ma'lum bir inson 22 yoshida ishlashni boshlaydi va yiliga 50 ming AQSh dollari topadi, 26 yoshida esa uch yillik tanaffus oladi. Bunday vaqtinchalik to‘xtalish unga taxminan 506 ming dollarga tushadi: uch yil uchun 150 ming dollardan ish haqi, pensiya to‘lovlari va ijtimoiy ta'minot bo‘yicha to‘lovlar (158 ming dollar) hamda ish haqiga qo‘shimchalar (198 ming dollar).

Market Watch ma'lumotlariga ko‘ra, har yili minglab amerikaliklar o‘z kasbida tanaffus qilish haqidagi qarorga keladi. Harvard Business Review’da chop etilgan Harris Interactive firmasining so‘roviga ko‘ra, har 10 ayoldan to‘rttasi va erkaklarning 24 foizi bu ishni o‘z xohishiga ko‘ra amalga oshiradi.

Pew Research Center tadqiqot markazining ko‘rsatishicha, 39 foiz onalar va 24 foiz otalar bola tarbiyasi bilan shug‘ullanish uchun karerasidan vaqtinchalik voz kechar ekan.

Shuningdek, Harvard Business Review tadqiqotida, erkaklarning 25 hamda ayollarning 23 foizi kasbini yangi ilmiy daraja yoki ikkinchi oliy ma'lumot olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra tark etishi aytilgan.

Mavzuga oid