Filippinda minglab odamlar Nok-Ten, shuningdek Nina sifatida ma'lum bo‘lgan super-to‘fon yaqinlashayotgani sababli o‘z uylarini tark etmoqdalar.
Bu to‘fondagi shamol tezligi 255 km/soat tezlikka ega bo‘lgani sababli super-to‘fon deb atalgan.
Katanduanes viloyati vitse-gubernatori aholining majburiy evakuatsiya qilinishiga buyruq bergan, biroq ko‘plab odamlar Rojdestvo vaqtida uylarini tark etishni istashmayapti.
To‘fon mamlakatning sharqiy sohillari tomon yo‘nalmoqda. U Bikol tumaniga eng katta ta'sir qilishi aytilmoqda. To‘fon mamlakatning aholi gavjum tumanlari, shu jumladan poytaxt Manilani ham kamrab oladi. Filippin meteorologik markazi 175 km/soat tezlikdagi shamollar qayd qilinganini ma'lum qildi.
Mamlakatda 2 metrdan baland bo‘lgan xavfli to‘lqinlar sababli o‘nlab dengiz portlari yopib qo‘yildi.