Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippinda yaqinlashib kelayotgan tayfun sababli qariyb bir mln kishi evakuatsiya qilindi
Ayni paytda Filippinda avvalroq yuz bergan "Kalmaegi" tayfuni oqibatlari bartaraf etilmoqda. Tabiiy ofat oqibatida mamlakatda 224 kishi halok bo‘lgan.
Foto: Daniel Ceng/Anadolu via Getty Images
Filippinda yaqinlashib kelayotgan "Fung-Vong" tayfuni sababli qariyb bir mln kishi xavfsiz joylarga ko‘chishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi South China Morning Post.
Hukumat vakillarining ma’lumot berishicha, Luson orolining ayrim hududlarida jalalar yog‘ishi boshlangan. Ob-havoning yomonlashishi oqibatida 400ta aviareys bekor qilingan, ishxona va ta’lim muassasalari vaqtinchalik yopilgan.
Shamolning tezligi soatiga 230 km.ga yetgan. Bugun tunda tayfun Lusonning sharqiy sohilidagi Aurora provinsiyasiga yetib kelishi kutilmoqda.
Mamlakatning markaziy va janubi sharqiy qismlarida eng yuqori – beshinchi darajadagi xavf e’lon qilingan.
Ayni paytda Filippinda avvalroq yuz bergan "Kalmaegi" tayfuni oqibatlari bartaraf etilmoqda. Tabiiy ofat mamlakatda 224 kishining umriga zomin bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:02 / 21.04.2026
Urush tugaganiga ishonmagan “samuray” – 1974 yilgacha Filippinda jang qilgan yapon zobiti kim edi?
15:09 / 24.02.2026
Haaga sudi Filippin sobiq prezidenti ishi bo‘yicha eshituvlarni boshladi
11:46 / 17.11.2025
Filippin poytaxtida yuz minglab odamlar korrupsiyaga qarshi norozilikka chiqdi
08:37 / 06.11.2025