Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikada «arzon» uch g‘ildirakli sportkar ishlab chiqildi
Amerikaning Vanderhall kompaniyasi «arzon» uch g‘ildirakli Venice avtomobilini taqdim etdi. Karbonli kuzovga ega mashina shassisi alyuminiydan yasalgan bo‘lib, unga General Motors dvigateli o‘rnatilgan. Uning narxi 29 ming 950 dollardan boshlanadi. Bu esa, firmaning ilk trisikli Laguna modelidan 20 ming dollarga arzonroqdir. Sportkar Laguna trisiklining alyuminiy shassisida barpo etilgan bo‘lib, vazni 623 kilogrammni tashkil etadi.
Vanderhall Venice 1,4-litrli, 200 ot kuchiga ega turbomotor joylangan. U 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi bilan hamkorlikda ishlaydi. Trisikl besh soniyada “yuz”ga chiqa oladi. Trisiklning eng yuqori tezligi 210 kilometrni tashkil etadi.

Uch g‘ildirakli sportkarga ABS tormoz tizimi, sovuq kunlarda isiydigan o‘rindiqlar, Bluetooth stereotizimlariga ega. Kuzovning orqa qismida 75 litr hajmdagi uncha katta bo‘lmagan yukxona ham bor.
Vanderhall firmasi Venice modelidan tashqari, Laguna sportkarini ham taklif etadi. Uning narxi 49,9 ming dollardan boshlanadi.





Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026