Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamat tumanida 57 ming dona pirotexnika vositasi savdosi oldi olindi
Joriy yilning 24 dekabr kuni Marhamat tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida Marhamat tumani Shukurmergan qishloq fuqarolari yig‘ini, Sho‘rqaqir mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Zafarbek Xamrayev Marhamat shahar Navro‘z ko‘chasida noqonuniy ravishda pirotexnika vositalarini sotayotganligi aniqlanib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzardan umumiy qiymati 5 million 760 ming so‘mlik, jami 960 quti (57600 dona) “Novyy vek” nomli “paqildoq”lar daliliy ashyo sifatida olindi.
Ayni kunlarda yurtimizda Yangi yil bayramining osoyishta va mazmunli o‘tishi uchun keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Andijon viloyat davlat soliq idoralari xodimlari ham pirotexnika vositalari savdosiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur chora-tadbirlarni ko‘rilayotir.
Mamlakatimizda pirotexnika vositalarini olib kirish yo‘liga mustahkam qonuniy to‘siq qo‘yilgan. Amalga oshirilayotgan bunday qat'iy chora-tadbirlar xalqimizning salomatligi va jamoat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Bu jarayonga munosib hissa qo‘shish esa barchamizning burchimizdir.
Shohruhbek EGAMNAZAROV,
Andijon viloyat DSB
Axborot xizmati bosh mutaxassisi
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026