Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin yangi yilni qayerda va kimlar bilan kutib olishi oshkor etildi
Foto: ria.ru
Rossiya prezidenti va bosh vaziri yangi, 2017 yilni qayerda kutib olishi haqida ilk ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Vladimir Putin va Dmitriy Medvedev bu bayramni an'anaviy ravishda o‘z uylarida o‘tkazishadi, deb xabar bermoqda Izvestiya gazetasi. Siyosatchilar yangi yil ta'tillarini ham Rossiyada o‘tkazish niyatida.
Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, davlat rahbari Yangi yilni ko‘pchilik rossiyaliklar kabi yaqinlari va do‘stlari bilan birga kutib oladi. Putin bu an'anani atigi bir marotaba buzgan: u 2013 yilda kutilmaganda Xabarovskka kelib, bayramni suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan mahalliy fuqarolar bilan birga kutib olgan.
Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev ham yangi yil oqshomini oila davrasida o‘tkazadi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bayram dasturxonida mahalliy mahsulotlardan tayyorlangan taomlar bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:46 / 15.02.2026
Zelenskiy Putinda «ko‘p vaqt qolmagani»ni aytdi
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
14:52 / 11.02.2026
Kallas yevropaliklarni Putin bilan aloqalarni muvofiqlashtirishga chaqirdi
13:41 / 09.02.2026