Jamiyat | 19:08 / 28.12.2016
61556
1 daqiqa o‘qiladi

Makkada kishilarni hayratga solgan namozgoh

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda, Makka shahridagi uncha katta bo‘lmagan, o‘z bag‘riga atigi bir necha kishini sig‘dira oladigan, shahardagi eng ajoyib va noodatiy namoz o‘qiladigan joyning rasmi keng tarqaldi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy veb portali.

“Al-Arabiya” nashrining xabar berishicha, ushbu namozgoh “Musolla” deb atalib, u “Abrojul bayt” majmuasi tarkibidagi “Mecca’s Royal Clock Towerhotel” mehmonxonasining eng yuqori qismida joylashgan yarim oyning ichida joylashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratda, ka'badan 500 metr balandlikda joylashgan ushbu namozgohda bir necha kishilar namoz o‘qiyotgani aks etgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid