Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda mingga yaqin inson yong‘indan asrab qolindi
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan so‘nggi besh yilda 1000 nafarga yaqin inson hayoti asrab qolindi, deb ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishonboyev.
“Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, yong‘in xavfsizligi xizmatining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning jangovar tayyorgarligini, kasb ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija bermoqda. Misol uchun, so‘nggi besh yilda sodir bo‘lgan yong‘inlarning deyarli 80 foizi boshlang‘ich davrida bartaraf etildi. Natijada ming nafarga yaqin inson hayoti asrab qolindi. 460 milliard so‘mlikdan ortiq mol-mulk qutqarib qolindi”, - dedi u.
O‘zA ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2016 yil 10 noyabrdan 2017 yil 10 yanvargacha yong‘in, yo‘l harakati, elektr va sanoat xavfsizligi, gaz, elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirdan xavfsiz va oqilona foydalanish ikki oyligi e'lon qilingan. Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan ikki oylikka mo‘ljallangan chora-tadbirlar izchillik bilan bajarilmoqda. Shu maqsadda tuzilgan tezkor shtab va uning ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda.
“Yong‘inlarning asosiy qismi fuqarolar xonadonlariga to‘g‘ri kelayotgani inobatga olinib, tadbir davomida 5,5 million aholi turar joylari ko‘zdan kechirildi”, - deya ta'kidlab o‘tdi Nishonboyev.
Mavzuga oid
15:06 / 02.07.2026
Buxoroda qamishzorga o‘t qo‘yilishi oqibatida 50 tup daraxt yonib ketdi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026