Babayan: Ahmedov «Krasnodar»dan ketmayman dedi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma jamoa sardori Odil Ahmedovning qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. Uning TASS muxbiriga aytishicha, futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni «Krasnodar»da o‘tkazadi.
Bundan oldingi xabarlarda 29 yoshli ushbu futbolchi faoliyatini Xitoy jamoalaridan birida davom ettirishi haqida aytilayotgandi.
«Ayni vaqtda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining yetakchi futbolchisi. U yuqori ambitsiyali futbolchi. U o‘z o‘yini orqali „Krasnodar“ga foyda keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma'lum qildi. U birozdan keyin „Krasnodar“ yig‘inlariga yo‘l oladi.
Hozirda Odil matbuotda yozilganidek kurortda emas, Toshkentda ta'tilni o‘tkazmoqda», — degan Babayan.
Odil Ahmedov 2014 yilda «Anji»dan «Krasnodar»ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining joriy mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi.
Mavzuga oid
13:19 / 27.04.2024
Krasnodar o‘lkasida NQZ dronlar hujumidan so‘ng zarar ko‘rdi
09:30 / 27.04.2024
Krasnodar o‘lkasiga dronlar hujum qildi
12:16 / 14.12.2023
Urush boshidan beri yopib qo‘yilgan Krasnodar aeroporti ochilishi mumkin
20:59 / 01.09.2022