SpaceX yangi raketasi suratini taqdim etdi
SpaceX kompaniyasi Instagram’da o‘zi tomonidan ishlab chiqilayotgan Falcon Heavy o‘ta og‘ir raketa tashuvchining ilk suratlarini chop etdi. Uning yuk ko‘tarish imkoni kichik tayanch orbitada 54,4 tonnani tashkil etadi. Bu esa ayni damda dunyodagi eng kuchli raketa Delta IV Heavy’ning foydali vazifasidan ikki baravarga ko‘proqdir.
Suratda raketa tashuvchining birinchi va ikkinchi alohida qismlari orasidagi parcha ko‘rsatilgan. Uni chop etish esa raketa tashuvchi yaqin orada uchirilishi mumkinligidan dalolat beradi, deb ta'kidlaydi ArsTechnica nashri. Avvalroq uning manbalari bu 2017 yilning o‘rtalarida ro‘y berishi haqidagi ma'lumotni tasdiqlagandi.
Parvoz Floridadagi Kennedi fazo markazining 39A maydonchasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Raketa ikkita alohida qism va bir juft yon tomondagi tezlashtirgich bilan jihozlangan. Falcon Heavy’ni uchirish qiymati 90 million dollar atrofida baholanmoqda. Bu Oy va Marsga bo‘lgan parvozlar qiymatini sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi.
Boeing tomonidan NASAning mars dasturi uchun ishlab chiqilayotgan SLS (Space Launch System) o‘ta og‘ir raketasining kichik tayanch orbitadagi yuk ko‘tarish hajmi kamida 70 tonnani tashkil etadi hamda u ancha qimmatroqdir. SLS’ning sinov parvozi esa 2018 yilning oxirlariga mo‘ljallangan.
Dunyoda ayni damda faqatgina AQShda yangi o‘ta og‘ir raketalarni yaratish loyihasi raketa tashuvchini yig‘ish bosqichiga qadar yetib borgan. O‘tgan asrda bunday sinfdagi uchta raketa yaratilgan. Ularning eng omadlisi - Saturn V amerika oy dasturida ishlatilgan.
Mavzuga oid
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
22:03 / 25.10.2024
Crew Dragon-8 kosmik kemasi XKSdan muvaffaqiyatli qaytib keldi
22:13 / 24.10.2024
SpaceX kompaniyasi O‘zbekistonga milliy kosmik dasturni ishlab chiqishda yordam beradi
21:00 / 15.10.2024