Kayfiyat haqida ma'lumot beruvchi ilk ko‘zoynaklar ishlab chiqariladi

Italiyaning Safilo kompaniyasi egasining kayfiyatini hisoblay oladigan ko‘zoynaklarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Ko‘zoynak ikki xil variantda ishlanadi: oddiy shisha va rangli shisha. Yangi devaysning to‘liq taqdimoti 2017 yilning yanvarida Las-Vegasda, Consumer Electronics Show ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. The Daily Mail shu haqida xabar berdi.
"Aqlli" ko‘zoynaklar ko‘rinishidan xuddi oddiy ko‘zoynakdek ko‘rinadi. U maxsus kamera va displeylarsiz bo‘lsa-da, 5 datchikka ega. Bu datchiklar inson bosh miyasidagi to‘lqinlar signallarini aniqlay oladi. Ular orqali olingan ma'lumotlar smartfondagi ilovaga yuboriladi. Ilova, o‘z o‘rnida, uni tahlil qilib, ko‘zoynak egasining kayfiyatini va uning o‘zgarishiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlaydi.
Aksessuar vazni - atigi 36 gramm, akkumulyator zaryadi esa qurilmaning bir hafta davomida to‘xtovsiz ishlashiga yetadi. Ko‘zoynak smartfonga Bluetooth orqali ulanadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Apple kompaniyasi ham shunga o‘xshash devays ustida ishlamoqda. "Olma" kompaniyasi gadjyeti odatiy linzalar o‘rniga maxsus displeylar bilan ta'minlangan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Manbada ta'kidlanishicha, mazkur displeyda tasvirlar, matnlar va boshqa ma'lumotlar aks etadi. Apple'ning sirli gadjyeti bejiz tilga olinmadi: gap shundaki, Safilo o‘z ko‘zoynaklarining ikkinchi versiyasiga ana shunday funksiyalarni qo‘shishni rejalashtirmoqda (birinchi versiya muvaffaqiyat qozongan taqdirda, albatta).
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025