Jamiyat | 00:09 / 30.12.2016
12220
4 daqiqa o‘qiladi

“Qamchiq” dovonida Qo‘mondonlik – shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Foto: FVV

Ma'lumki “Qamchiq” dovoni Farg‘ona vodiysini poytaxtimiz va respublikamizning boshqa hududlari bilan bog‘lab turuvchi yagona avtomobil yo‘li hisoblanadi. Shu sabab, mazkur dovon respublikamiz hayotida muhim – strategik ahamiyat kasb etadi. Agar dovon orqali sutkasiga 18-20 ming donagacha avtomobillar harakatlanishini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning xavfsizligini hamda uzluksiz harakatlanishlarini ta'minlash qanchalik zarur va muhim ekanligini anglash qiyin emas.

Ayni maqsadda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan dovonda joylashgan xizmatlar kuch va vositalari bilan doimiy ravishda turli amaliy o‘quv mashqlari o‘tkazilib turiladi.
Navbatdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi joriy yilning 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Namangan va Toshkent viloyatlari Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat quyi tizimi (FVDqT)ga kiruvchi xizmatlar boshqaruv organlari hamda kuch va vositalari jalb etildi.

O‘quv mashqi (FVDqT)ga kiruvchi boshqaruv organli va kuchlarini “Favqulodda vaziyatlar” rejimiga o‘tkazish hamda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmas ishlarni olib borishni o‘z ichiga olgan bir necha bosqichlarda o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘quv mashqi doirasida bir qator o‘quv nuqtalarida maxsus-taktik mashqlari o‘tkazildi. Ularda qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish, vayronalar ostidan va yo‘l transport hodisasiga uchragan avtomobillardan jabrlanganlarni chiqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlari amalda sinab ko‘rildi. Shu bilan bir qatorda, joriy yilda bunyod etilgan “Angren-Pop” yo‘lnalishida harakatlanuvchi temir yo‘lida yuzaga kelsishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish borasida amaliy mashq tashkil etildi.

Umuman olganda dovonda, ayniqsa qishki mavsumda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalari ko‘rib chiqildi.
Bunda asosan, dovon bo‘ylab tashkil etilgan nazorat-kuzatuv postlarining hamkorlikdagi harakatlariga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, biriktirilgan hududlarda harakatlanayotgan avtotransport vositalarining xavfsiz harakatlanishlariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kutilmagan vaziyatlarni tezkor bartaraf etish, haraktlanish xavfsizligini ta'minlash, bu borada qo‘shni postlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ma'lumot almashinuvini ta'minlash va boshqaruv shtabiga o‘z vaqtida vaziyat to‘g‘risida axborot berib borish ishlari bajarildi.

Bu kabi tezkor tadbirlarni bajarishda eng zamonaviy avariya-qutqaruv maxsus texnikalar, asbob-anjomlardan keng foydalanildi, o‘quv mashqlariga malakali qutqaruvchilar jalb etildi.
Ikki kun davomida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining yakuniy muhokamasi dovonda barpo etilgan idoralararo tezkor shtab binosida bo‘lib o‘tdi. Unda kuzatuvchi va ekspertlar fikrlari tinglanib tegishli xulosalar chiqarildi.
Yakuniy qismda o‘quv mashqi rahbariyati tomonidan mazkur tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda alohida jonbozlik ko‘rsatgan xodimlar rag‘batlantirildi.

Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV
Foto: FVV

 

Mavzuga oid