Jahon | 12:11 / 31.12.2016
5697
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston TIV Suriya bo‘yicha Ostonada o‘tkaziladigan muzokaralar shartini e'lon qildi

Foto: mfa.gov.kz

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligida Suriya bo‘yicha Ostonada muzokaralar o‘tkazish o‘q uzishni to‘xtatish rejimiga rejali rioya qilingan holatdagina bo‘lib o‘tishini ma'lum qilishdi. Bu haqida idora saytida xabar berildi.  

“Bundan avval Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tomonidan ma'lum qilinganidek Ostonada Suriya muzokaralarini o‘tkazishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz. Yaxshi bilamizki, uchrashuvlar o‘q uzishni to‘xtatish rejimiga rejali rioya qilingan taqdirdagina bo‘lib o‘tishi mumkin”, - deyiladi xabarda. 

Vazirlikda Qozog‘iston Suriyaning barcha hududlarida o‘q uzishni to‘xtatishga doir kelishuvlarni qo‘llab-quvvatlashi ta'kidlandi.

Bundan tashqari, idorada oxirgi kelishuvlar BMT Xavfsizlik Kengashining 2254 (2015) rezolyutsiyasiga muvofiq Suriyada to‘laqonli siyosiy jarayonni qayta tiklashga imkon berishiga umid qilishmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid