Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 21:48 / 31.12.2016
42889
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan shaxsan tabriklaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat xalqiga Yangi yil tabrigini yo‘llaydi. Yangi prezident O‘zMTRK telekanallari orqali, Yangi — 2017 yil kirib kelishi arafasida chiqish qilishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, bu ko‘p vaqtdan buyon mamlakat prezidenti ilk marta Yangi yil bilan shaxsan tabrik yo‘llashi bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yil O‘zbekistonda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish