Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Tszinpin Yangi yil tilaklari bildirdi
Xitoy raisi Si Tszinpin Yangi yil murojaati bilan chiqib, 2017 yilda butun dunyoga tinchlik tilab qoldi va jahon hamjamiyati vujudga kelgan muammolarni yengishiga umid bildirdi.
Xitoy yetakchisining murojaati Xitoy markaziy televideniyesi orqali uzatildi.
"Xitoy xalqi yangi yilda nafaqat u, balki barcha davlatlar aholisi yaxshi yashashiga umid bildiradi. Ayni vaqtda ba'zi davlatlar va mintaqalar hanuzgacha harbiy nifoqlar va nochorlikdan aziyat chekmoqda, kasalliklar va musibatlar ko‘plab odamlarning hayotiga bostirib kirmoqda. Men sayyoramizda yanada tinchroq va gurkirayotgan muhit qurish uchun jahon hamjamiyati qo‘lni-qo‘lga berib, "yagona taqdirli hamjamiyat" konsepsiyasiga amal qilishiga chin dildan umid qilaman", deb aytdi Xitoy raisi.
Si Tszinpin 2016 yil Xitoy uchun "noodatiy va unutilmas" bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Xitoy yetakchisi davlatining kosmonavtika sohasida muvaffaqiyatlarini ta'kidlab o‘tdi. U, shuningdek, yangi yilda Xitoy hukumati 13-besh yillik rejaga (2016-2020 yillar) belgilangan ijtimoy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishni davom ettiradi, deb aytdi.
Mavzuga oid
09:06 / 25.05.2026
Xitoy kosmosda insonning uzoq yashashini o‘rganmoqda
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026