Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mourino jamoa futbolchilaridan birini agentiga quloq solmaslikka chaqirdi
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Midlsbro»ga qarshi o‘yinda gol urgan fransiyalik hujumchi Antoni Marsiyal bilan bog‘liq vaziyat haqida so‘z yuritdi.
«Marsiyalga yaxshi sharoitlar qilib berilgan. Unda shu jamoada dunyoning eng yuqori saviyali futbolchilari qatoriga chiqish imkoniyati mavjud. U maydonga tushadi, vaziyatlar yaratadi va gollar uradi. U kurashchi. U kayfiyati yaxshi bo‘lganida juda kuchli o‘yin ko‘rsatadi. Men Antoni – talant ekanini bilaman.
Marsiyal agentiga emas, menga quloq solishi kerak. U har kuni mashg‘ulotlar vaqtida meni yaxshilab tinglashi kerak. Men u yanada kuchayishinigina o‘ylayman.
Mxitaryan bilan vaziyatni olaylik. Uning agenti menga qo‘ng‘iroq qilardi va derdi: «Mxitaryan sening yoningda yanada yaxshi futbolchiga aylanadi. U bilan ishlashni davom ettir».
Antoni haqida esa men har kuni gazetalarda turli gaplarni o‘qiyman: «Marsiyal «Sevilya»ga o‘tadi», «Marsiyal ijaraga beriladi», «Marsiyal jamoadagi o‘rnidan norozi» va hokazo. Lekin u faqat menga quloq solishi lozim», – deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirgan BBC Sport.
Biroz oldinroq futbolchining agenti Filipp Lamboli «Sevilya»dan berilgan taklif ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirgandi. Ushbu futbolchini sotib olishga APLdagi jamoalar, xususan, «Sevilya» ham qiziqish bildirgan.
Mavzuga oid
13:33 / 19.04.2025
Rossiyadagi «chet el agentlari» ro‘yxati jurnalistlar va blogerlar bilan to‘ldirildi
13:23 / 10.04.2025
Boosty servici deyarli 30 ga yaqin «chet el agenti»ning akkauntini blokladi
10:59 / 08.02.2025
Rossiyada olti kishi va «Birdamlik zonasi» «chet el agenti» deb e’lon qilindi
09:55 / 18.01.2025