Rossiya Adliya vazirligi «çet el agentlari» röyxatini «Idite lesom» inson huquqlari loyihasi va olti nafar fuqaro bilan kengaytirdi. Bu xabar 17 yanvar, juma kuni idora veb-saytida e’lon qilindi.
«Idite lesom» loyihasi 2022 yil kuzida rossiyaliklarga Ukrainadagi uruşga safarbarlikdan qoçiş va mamlakatni tark etişga yordam beriş uçun yaratilgan. Rossiya Adliya vazirligi uning mualliflarini Rossiya rasmiylarining «qarorlari va siyosati haqida soxta ma’lumotlarni tarqatişda», Rossiya armiyasining «salbiy imijini şakllantirişda» va «maxsus harbiy operatsiyaga qarşi turişda» aybladi. Loyiha asosçisi Grigoriy Sverdlin avvalroq çet el agentlari reyestriga kiritilgan edi.
Bundan taşqari, 17 yanvar kuni jurnalistlar Kseniya Kiriya, Anastasiya Lotareva, Andrey Kozenko, Irina Romaliyskaya, Anton Rubin, şuningdek, Berlindagi Karnegi markazining Rossiya va Yevrosiyo tadqiqotlari böyiça xodimi Aleksandra Prokopenko «çet el agentlari» deb e’lon qilindi. Ular «çet el agenti» kontentini yaratiş va tarqatiş, şuningdek, «hokimiyatga qarşi feyklar» va Ukrainadagi uruşni tanqid qilişda ayblanmoqda.
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonun
Rossiyada «çet el agentlari» töğrisidagi qonunçilik 2012 yilda paydo bölgan. Öşandan beri bir neça yuzlab taşkilotlar va şaxslar taqiqlanganlar röyxatiga qöşildi. Jismoniy şaxslar – «çet el agentlari» reyestri 2022 yil aprel oyi boşida işga tuşirilgan bölib, NNT – «çet el agentlari», ommaviy axborot vositalari – «çet el agentlari» va röyxatdan ötmagan taşkilotlar – «çet el agentlari» röyxati bilan birga törtinçi röyxat böldi.
2022 yil dekabr oyidan boşlab qonun Rossiya rasmiylariga köra, «çet eldan kömak oladigan» va «çet el ta’siri ostida» bölganlarni «çet el agentlari» deb e’lon qilişga ruxsat beradi.
2024 yil mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga «çet el agentlari» resurslarida – ularning veb-saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarida, bloglarida va boşqa platformalarda reklama joylaştirişni taqiqlovçi qonunni imzoladi. Yangi qonun, şuningdek, ommaviy axborot vositalarida va internetda «çet el agentlari» resurslarini reklama qilişni ham taqiqlaydi.












