Amsterdamda joylaşgan, ilgari Mail.ru Group'ga tegişli bölgan Boosty donatlar servisi Rossiya Federatsiyasi tomonidan «çet el agenti» deb e’lon qilingan faollar, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari va madaniyat arboblarining önlab akkauntlarini bloklab qöydi. Bu foydalanuvçilarning barçasida Rossiya Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan «çet el agentlari» reyestrida qayd etilgan Boosty'ga havolalar bor, deb yozadi "Vyorstka" 9 aprel, çorşanba kuni.
Naşr ma’lumotlariga köra, kamida 26 ta akkaunt bloklangan, jumladan, jurnalistlar Tatyana Felgengauer va Mariya Borzunova, sport şarhlovçisi Aleksandr Şmurnov, şarhlovçi Yuliya Latinina, komik Mixail Şats, Astra naşri, faol Darya Xeykinen va kino tanqidçisi Anton Dolinning. Hammasi bölib 53 kişi va taşkilotda Boosty'ga havolalar mavjud, deb yozadi "Vyorstka".
Moskvalik siyosatçi Elvira Vixareva ham 8 aprel kuni uning akkaunti bloklangani haqida Facebookʼda ma’lum qildi: «Bu Rossiyada qonuniy ravişda pul olişning sönggi imkoniyati edi. Albatta, men heç qanday tuşuntirişlarni olmadim, şunçaki endi xizmatdan foydalaniş imkoniyati yöq», deb yozdi u. Ertasi kuni Vixarevaning yozişiça, Boosty vakili bloklaşni «çet el agentlari» tomonidan pul oliş va ulardan foydalanişni tartibga soluvçi Rossiya qonunçiligi talablari bilan boğlagan. Uning sözlariga köra, akkauntni tiklaş faqat barça pulli kontentga kirişdan öçirilgandan keyingina mumkin böladi.












