09:25 / 01.01.2017
11088

Pepning bahonasi. «Liverpul»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyingi intervyu

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 19-turi doirasida «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tgan va 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Biz teng kechgan o‘yinda yutqazdik. Biz o‘yinni yaxshi boshlagandik, ammo «Liverpul» ilk imkoniyatdanoq gol urdi. Keyin esa bizga qiyin bo‘ldi. 

Birinchi bo‘limda biz ko‘p vaziyatlar yarata olmadik, tanaffusdan keyin esa yaxshiroq o‘ynadik. Ammo bori shu.

Gol urish uchun yaqqol vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Bunday o‘yinlarda mayda narsalar barchasini hal qiladi. 

„Enfild“dagi atmosfera haqida so‘raysizmi? Ajoyib edi! 

Endi biz e'tiborimizni APLdagi maqsadlarimizga emas, keyinga turda «Byornli»ga qarshi o‘yinga qaratishimiz kerak. Biz ikkinchi davrani boshlaymiz. Ko‘ramiz, qanday bo‘lar ekan», – deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan BBC.

«Liverpul» — «Manchester Siti» uchrashuvi taqdirini Jorjino Veynaldum 8-daqiqada urgan gol hal qildi.

Mavzuga oid
Top