Sport | 19:28 / 01.01.2017
15120
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Ibrahimovichning goli hisobga olinmagani tufayli Messi Yevropada eng yaxshi to‘purarga aylandi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2016 yilda Yevropa futbolining klublari to‘purariga aylandi.

Argentinalik futbolchi 51ta gol urdi va Zlatan Ibrahimovichni 1 gol farqi bilan ortda qoldirdi.

31 dekabr kuni Ibrahimovich Messini quvib yetishi mumkin edi, ammo uning «Midlsbro» darvozasiga urgan karate uslubidagi golini bosh hakam Li Meyson raqib darvozaboni Viktor Valdesga qarshi «xavfli o‘yin» deb topib, inobatga olmadi.

Uchinchi o‘rinni 48ta gol bilan Luis Suares, to‘rtinchi o‘rinni 42ta gol bilan Krishtianu Ronaldu qo‘lga kiritdi. 39ta gol urgan Robert Levandovski 5-o‘rinda qoldi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid