Sport | 20:59 / 02.01.2017
10646
1 daqiqa o‘qiladi

«Quturgan» Fernandino. U 6 uchrashuvda uchinchi marta qizil kartochka oldi

«Manchester Siti» jamoasi yarim himoyachisi Fernandino APLning 20-turida «Byornli»ga qarshi kechayotgan uchrashuvning birinchi bo‘limi vaqtida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Ushbu braziliyalik futbolchi 32-daqiqada Yoxann Gudmundssonning oyog‘iga tashlangani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydondan chiqarib yuborilgan.

«Tribuna» ma'lumotiga ko‘ra, bu chetlatish 31-yoshli xavbek uchun jamoasining oxirgi 6 uchrashuvida uchinchi marta qizil kartochka olishi bo‘lmoqda. U «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi harakatlari uchun chetlatilgan, keyin 4 o‘yindan diskavalifikatsiya qilingandi. Futbolchi yana bir qizil kartochkani Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda olgan.

Endilikda Fernandino yana 4 o‘yindan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. 

Mavzuga oid